Logistika kompaniyalari prezident Donald Tramp joriy etgan savdo bojlari tufayli AQShga yuk tashishlarning misli ko‘rilmagan miqdorda bekor qilinishiga duch kelmoqda. Niderlandiyaning Evofenedex savdo va logistika biznes uyushmasi vakillari bu boradagi o‘z baholari bilan o‘rtoqlashdi.
Uyushma matbuot kotibi Renate Veymenganing RIA Novostiga xabar berishicha, allaqachon butun dunyo bo‘ylab 80 ta konteyner tashuvchi kema o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirgan yoki bekor qilgan. Bu yuk kemalarining umumiy sonining 20 foizini tashkil etadi.
"Taqqoslash uchun: COVID-19 inqirozi avjiga chiqqan paytda bu raqam 50 tani tashkil etgan edi. Jahon transporti va savdosiga ta’siri allaqachon sezilarli va biz keyingi haftalarda yana uzilishlar bo‘lishini istisno qilmaymiz," - dedi u uyushmaning siyosiy maslahatchisi Kaspar Ruradening so‘zlariga tayanib.
Rurade ta’kidlashicha, bekor qilingan va o‘zgartirilgan yo‘nalishlarning rekord darajadagi soni "tashvishlanarli" hisoblanadi.