Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Evropa o‘z mudofaasini to‘liq ta’minlay olmasligi aytildi

Evropa o‘z mudofaasini to‘liq ta’minlay olmasligi aytildi

Aleksandr Konkov fikricha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘zini barcha turdagi mudofaa bilan mustaqil ta’minlash imkoniyatiga ega emas.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa uzoq yillar davomida xavfsizlik masalasida asosan AQShning harbiy “himoya soyaboni”ga tayangan va shu sababli mustaqil mudofaa tizimi yetarlicha rivojlanmagan.

Konkovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi geosiyosiy vaziyat va AQShdagi siyosiy jarayonlar Yevropa Ittifoqini o‘z mudofaa salohiyatini oshirishga majbur qilmoqda. Biroq bu jarayon qisqa vaqt ichida amalga oshmaydi.

Uning fikricha, Yevropa hali yaqin yillarda to‘liq harbiy mustaqillikka erisha olmaydi, chunki bu uchun uzoq muddatli moslashuv va katta islohotlar talab etiladi.

Kiritildi: 23:33 04.05.2026. O'qildi: 198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!