Yevropa texnologiyalar sohasida AQShdan mustaqil bo‘lishi zarur — Germaniya kansleri.
Fridrix Mers Yevropa AQShga qaramlikni kamaytirishi, ayniqsa texnologiyalar sohasida mustaqillikka erishishi lozimligini ta’kidladi.
Uning aytishicha, o‘tmishdagi “yaxshi davrlar” haqidagi xotiralar bugungi muammolarni hal etishga yordam bermaydi.
"Evropa so‘nggi o‘n yilliklarda uzoq cho‘zilgan islohotlar, biznes erkinligini keraksiz tarzda cheklash va ortiqcha tartibga solish sabab katta iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini boy berdi. Shu bois Yevropa hozir iqtisodiy jihatdan yetarli darajada kuchli emas.
Kansler Germaniya Yevropaning suverenitetini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashi mumkinligini ham ta’kidladi. Avvalroq u Yevropa davlatlarini o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun “kuch siyosati tilida gapirishni” o‘rganishga chaqirgan edi.
Bundan tashqari, Germaniya kansleri 29 yanvar kuni Bundestagda so‘zlagan nutqida dunyoda keskin geosiyosiy vaziyat hukm surayotganini qayd etib, Yevropa imperializm va avtoritarizmga muqobil yo‘l sifatida, hamkorlariga iqtisodiy hamda qadriyatlar asosidagi afzalliklarni taklif qila olishini va bu tamoyillardan voz kechmasligini ma’lum qilgan.