Urushlar va turli ofatlar tufayli Shimoliy Afrika mamlakatlarini tark etib, Yevropaga dengiz orqali borishga urinayotgan har 14 kishidan bittasi yo‘lda halok bo‘lmoqda. Bu haqda BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining hisobotida qayd etilgan.
Birgina joriy yilda 1,6 ming kishi Yevropaga ketayotganida dengizda g‘arq bo‘lgan. Dunyodagi qochqinlarning umumiy sonidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, ularning har o‘n sakkizinchisi cho‘kib ketgan. O‘tgan yili esa har 42 qochqindan biri yo‘lda halok bo‘lgan edi.
Qochqinlar orasida qurbonlar sonining ortishi ularga yordam ko‘rsatuvchi nohukumat tashkilotlar sonining kamayishi bilan bog‘liq. O‘tgan yili qochqinlarga sakkizta tashkilot yordam berayotgan edi, bu yil esa ulardan ikkitasi qoldi, xolos.
Manba: azon.uz