Malta barcha fuqarolarga ChatGPT Plusdan bepul foydalanish imkonini beruvchi dunyodagi birinchi mamlakatga aylanadi.
Amerikaning OpenAI kompaniyasi "Barcha uchun sun’iy intellekt" milliy dasturini ishga tushirganini e’lon qildi.
Malta hukumati bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, aholi sun’iy intellekt bo‘yicha kursni tugatgandan so‘ng bir yil davomida ChatGPT Plusdan bepul foydalanishlari mumkin. Dasturning birinchi bosqichi may oyida boshlanadi va Malta Raqamli innovasiyalar boshqarmasi loyihani muvofiqlashtiradi.
Malta iqtisodiyot, korxona va strategik loyihalar vaziri Silvio Shembri mamlakat fuqarolarning raqamli aloqada qolishini ta’minlashga sodiq ekanligini aytdi.
"Malta bu ko‘lamdagi hamkorlikni boshlagan birinchi mamlakat, chunki biz fuqarolarimizning raqamli davrda orqada qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz o‘z xalqimizni global o‘zgarishlarning oldingi qatoriga qo‘ymoqdamiz", deb ta’kidladi u.
Dastur chet elda yashovchi Malta fuqarolari uchun ham mavjud bo‘ladi. OpenAI kelishuvning moliyaviy shartlarini oshkor qilmadi.