Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Evropa Kengashi sanksiyalar rejimini 2027 yil apreligacha uzaytirdi

Evropa Kengashi sanksiyalar rejimini 2027 yil apreligacha uzaytirdi

Bugun Kengash Eronda inson huquqlarining jiddiy buzilishiga javoban Yevropa Ittifoqining cheklov choralari amal qilish muddatini 2027 yil 13 aprelgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Ushbu choralar sayohat qilishni taqiqlash va aktivlarni muzlatishni, shuningdek, ichki nizolar uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan uskunalar hamda telekommunikasiyalarni kuzatish moslamalarini Eronga eksport qilishni man etishni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, Yevroittifoq fuqarolari va kompaniyalariga ro‘yxatda ko‘rsatilgan jismoniy va yuridik shaxslarga mablag‘ taqdim etish taqiqlangan.

Sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqish doirasida Kengash, shuningdek, vafot etgan bir shaxsni ro‘yxatdan chiqarishga qaror qildi. Hozirda mazkur ro‘yxat ichiga jami 262 nafar jismoniy shaxs va 53 ta tashkilot kiradi.

Kiritildi: Bugun 14:50. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!