Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Evropa jahon siyosatida muhim o‘rin egallashi kerak — Fridrix Mers

Evropa jahon siyosatida muhim o‘rin egallashi kerak — Fridrix Mers

Germaniya kansleri Fridrix Mers 62–Myunxen xavfsizlik konferensiyasida nutq so‘zladi. Kanslerning nutqidan asosiy iqtiboslar:

◾️ Nemis faylasufi Peter Sloterdeyk yozganidek, Yevropa jahon tarixida uzoq davom etgan tanaffusini tugatdi. Biz yana ochiqchasiga kuch siyosati va yirik davlatlar raqobati hukmron bo‘lgan davrga kirdik. Avvalo biz shu yangi vaziyatni qabul qilishimiz kerak;

◾️ Bugungi sharoitda erkinligimiz o‘z-o‘zidan kafolatlanmaydi. U xavf ostida. Uni himoya qilish uchun kuch va qat’iy iroda zarur. Bu yangi yo‘llarni tanlashni, o‘zgarishlarni qabul qilishni va kerak bo‘lsa, qurbonliklarga ham tayyor turishni talab qiladi. Bu ishni keyinga qoldirib bo‘lmaydi, aynan hozir harakat qilish kerak;

◾️ Yevropa yalpi ichki mahsuloti Rossiyaning YAIMidan 10 barobar yuqori. Ammo bu biz Rossiyadan o‘n baravar kuchlimiz degani emas. Harbiy, siyosiy, iqtisodiy va texnologik imkoniyatlarimiz juda katta, lekin biz ularni to‘liq ishga sola olmayapmiz;

◾️ Biz, nemislar, endi hech qachon yolg‘iz harakat qilmaymiz. Bu tariximizdan olgan eng muhim sabog‘imizdir. Xavfsizligimizni qo‘shnilarimiz va hamkorlarimiz bilan birga ta’minlaymiz;

◾️ Biz harbiy, siyosiy, iqtisodiy va texnologik salohiyatimizni kuchaytiryapmiz. Shu orqali boshqa davlatlarga qaramlik va zaiflikni kamaytiramiz. Eng muhim vazifamiz — Yevropani NATO doirasida yanada mustahkamlash;

◾️ Erkinlikka ishonish. 1945 yildan keyin aynan amerikalik do‘stlarimiz bizni shu g‘oyaga ilhomlantirgan. Biz buni unutmaymiz. Shu asosda NATO tarixdagi eng kuchli siyosiy ittifoqqa aylandi. Biz bu g‘oyaga sodiq qolib, g‘oyani yangi davrga olib kiramiz, toki u qorong‘i emas, balki yaxshi davr bo‘lsin.

Kiritildi: Bugun 16:50. O'qildi: 226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!