Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Evropa Ittifoqidan eng ko‘p kimlar boshpana so‘radi?

A A A
Evropa Ittifoqidan eng ko‘p kimlar boshpana so‘radi?

O‘tgan 2017 yilda 728 ming kishi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, shuningdek, Norvegiya va Shveysariyadan boshpana so‘radi. Bu haqda Boshpana berish bo‘yicha Yevropa ofisi – EASO ma’lum qildi.

Aytilishicha, 2016 yilga nisbatan boshpana so‘rovchilar 44 foizga kamaygan.

Joriy 2018 yilning dastlabki to‘rt oyida Yevropa Ittifoqidan qariyb 197 ming kishi qochqin maqomini so‘radi. Bu oxirgi uch yildagi eng past ko‘rsatkichdir.

Boshpana uchun eng ko‘p murojaat qiluvchilar Suriya, Iroq va Afg‘oniston fuqarolaridir. Eng ko‘p murojaat Germaniya, Italiya, Fransiya, Gresiya va Ispaniyada kuzatildi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 14:18 19.06.2018. O'qildi: 1660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik