2025 yil yakunlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi hududida istiqomat qiluvchi migrantlar soni rekord darajaga yetib, 64 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Daniyaning «Rockwool» notijorat jamg‘armasining Berlin bo‘limi tomonidan e’lon qilingan hisobotda so‘z boradi.
«Evropa Ittifoqida YEI hududidan tashqarida tug‘ilgan odamlar soni rekord darajada ortdi — 2025 yilda ularning soni taxminan 64 million nafarga yetdi», — deyiladi nashrda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda migrasiya o‘sishi 2,1 million kishini tashkil etgan. Ta’kidlash joizki, bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 500 ming kishiga kamroqdir.
Hisobotda aytilishicha, migrantlar oqimining asosiy qismi Yevropaning to‘rtta yirik davlati — Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Italiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Evropa Ittifoqi aholisining umumiy tarkibida migrantlarning o‘rtacha ulushi 14,2 foizni tashkil etadi. Biroq kichik davlatlarda bu ko‘rsatkich ancha yuqori:
Lyuksemburgda — 52 foiz;
Maltada — 32 foiz;
Kiprda — 28 foiz.