Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Evropa Ittifoqi "VK" va "Max" messenjeriga qarshi sanksiyalar joriy etdi

Evropa Ittifoqi "VK" va "Max" messenjeriga qarshi sanksiyalar joriy etdi


​EI "VK" (VK) company va "Max" messenjeri dasturchisi bo‘lgan "Kommunikasionnaya platforma"ni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda YEIning rasmiy jurnalida xabar berilgan.

​Unda ko‘rsatilishicha, "VK" davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan "Max" mobil ilovasining dasturchisi va operatori bo‘lmish "Kommunikasionnaya platforma" MCHJning bosh kompaniyasi hisoblanadi. YEI ekspertlarga tayanib ta’kidlashicha, "Max" "keng qamrovli kuzatuv funksiyalariga ega bo‘lib, kommunikasiyalarni, jumladan, VPN'dan foydalanishni kuzatishi, telefonlarga o‘rnatilgan boshqa ilovalar haqida ma’lumot to‘plashi, kontaktlar kitobini kuzatishi, foydalanuvchilarning joylashuvini aniqlashi va avtonom yangilanishlarni o‘rnatishi mumkin.

​Qayd etilishicha, Rossiya rasmiylari tomonidan "Max" ilovasining joriy etilishi va targ‘ib qilinishi WhatsApp va Telegram kabi boshqa mustaqil ilovalarni bloklash, shuningdek, VPN'dan foydalanishni cheklash kampaniyasi bilan birga kechgan.

"Kommunikasionnaya platforma" fuqarolik jamiyati va demokratik muxolifatga qarshi qatag‘onlarda texnik yordam ko‘rsatmoqda deb hisoblanmoqda.

Kiritildi: 20:45 13.07.2026. O'qildi: 930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!