Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqi va AQSh savdo bitimi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Evropa Ittifoqi va AQSh savdo bitimi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Evropa Ittifoqi va AQSh vakillari savdo bitimini qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Ushbu muzokaralarning asosiy ishtirokchilaridan biri, Yevropa Parlamentidagi "Evropa Xalq Partiyasi" fraksiyasi deputati Jelyana Zovko "X" ijtimoiy tarmog‘ida bu haqda post qoldirdi.

"Biz kelishuvga erishdik! ... Yevropa transatlantik savdodagi keskinlikning vayronkor eskalasiyasidan qochishga muvaffaq bo‘ldi hamda Atlantika okeanining har ikki tomonida Yevropa kompaniyalari, investisiyalari va millionlab ish o‘rinlarini himoya qilib qoldi", — deb yozdi yevrodeputat.

Zovkoning qo‘shimcha qilishicha, u boshidan beri AQSh bilan savdo urushiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini yoqlab kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Yevropa davlatlarining eng yaqin strategik va iqtisodiy hamkoridir.

"Dunyoda beqarorlik ortib borayotgan bir sharoitda, sinovdan o‘tgan do‘stlar dushmanga aylanmasdan, hamkor bo‘lib qolishlari kerak", — deya ta’kidladi Zovko.

Kiritildi: 23:46 20.05.2026. O'qildi: 157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!