Evropa Ittifoqi ukrainaliklarga boshpana berishning maxsus mexanizmini bir yilga uzaytirdi.
Bu haqda Bryusselda yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan YEI kengashi bayonotida aytiladi.
Qayd etilishicha, ayni paytda YEIda Ukrainadan 4 milliondan ortiq qochqin istiqomat qiladi.
Xabarda aytilishicha, YEI kengashi Ukrainadagi mojarodan qochgan odamlarni vaqtincha himoya qilish muddatini 2024 yil 4 martdan 2025 yil 4 martigacha uzaytirishga rozi bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.