Evropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga hech qanday qarzdor emas.
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlarini Ukraina mojarosiga aralashmaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu urush Yevropa Ittifoqiga daxldor emas.
Siyyarto ijtimoiy tarmoqda qoldirgan bayonotida Yevropa yetakchilari Ukrainadagi urushni go‘yoki “bizning urushimiz” sifatida talqin qilayotganini tanqid qildi. “Bu haqiqat emas. Rossiya Yevropa Ittifoqiga a’zo biror davlatga hujum qilmagan. Bu Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro”, — deb yozdi u.
Vazir, shuningdek, Ukraina o‘z milliy manfaatlari yo‘lida harbiy harakatlar olib borayotganini ta’kidlab, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari unga “hech qanday majburiyat yoki qarzdorlikka ega emas”, deya qo‘shimcha qildi.