Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqi Temu onlayn savdo kompaniyasiga 200 million yevro jarima soldi

Evropa Ittifoqi Temu onlayn savdo kompaniyasiga 200 million yevro jarima soldi

Bunga savdo platformasida noqonuniy mahsulotlar, jumladan, bolalar uchun xavfli o‘yinchoqlar va nosoz quvvatlash qurilmalari sotilgani sabab bo‘ldi.

Evrokomissiya bayonotida ta’kidlanishicha, Temu mahsulotlarning “tizimli xavflarini” hamda ularning iste’molchilarga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararini “sinchkovlik bilan aniqlamagan, tahlil qilmagan va baholamagan”. Kompaniya bu qarordan noroziligini va jarimani nomutanosib deb hisoblashini bildirdi.

Mustaqil tashkilot o‘tkazgan “sirli xaridor” tekshiruvi davomida Temu'dan sotib olingan quvvatlash qurilmalarining aksariyati elektr xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan. Shuningdek, bolalar o‘yinchoqlarining katta qismida kimyoviy moddalar miqdori me’yordan yuqoriligi hamda ularda bo‘g‘ilish xavfini tug‘diruvchi mayda qismlar borligi ma’lum bo‘lgan.

Temu jarima to‘lashdan tashqari, 28 avgustgacha kamchiliklarni bartaraf etish rejasini taqdim etishi shart, shundan so‘ng Yevrokomissiya ikki oy ichida uni baholaydi. Yevropa Ittifoqi komissari Henna Virkkunen bu chora Temu uchun “kuchli signal” ekanini aytdi.

Kiritildi: 23:21 29.05.2026. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!