Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ittifoqi tarixdagi eng yirik energetika inqirozidan xavfsiramoqda

Evropa Ittifoqi tarixdagi eng yirik energetika inqirozidan xavfsiramoqda

Energetika bo‘yicha Yevrokomissar Dan Yorgensen "ehtimol, barcha davrlarning eng og‘ir energetika inqirozi" yaqinlashayotganidan xavotir bildirdi. Isroil va AQShning Eronga qarshi urushi boshlanganidan beri, YEI mamlakatlari energiya resurslari importi uchun — yetkazib berish hajmi oshmagan bo‘lsa-da — odatdagi narxdan tashqari 30 milliard yevrodan ortiq qo‘shimcha mablag‘ to‘ladi.

Evropa Ittifoqi allaqachon yoqilg‘i, ayniqsa aviasiya yoqilg‘isi taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hatto urush yaqin orada tugagan taqdirda ham, vaziyatni normallashtirish uchun bir necha yil talab etilishi mumkin. Bryussel zaxiralarni ko‘paytiryapti va energiya resurslarini taqsimlash bo‘yicha favqulodda choralarni ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!