Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan 5 milliard yevro daromadni Ukrainaga bermaydi

Evropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan 5 milliard yevro daromadni Ukrainaga bermaydi

Evropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan 5 milliard yevro daromadni Ukrainaga bermaydi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Nashrning yozishicha, 2022-2023 yillarda Rossiya Federasiyasining muzlatilgan aktivlarini investisiya qilishdan olingan foyda Moskvadan da’vo qilingan taqdirda sug‘urta sifatida Bryusselning Euroclear qimmatli qog‘ozlar depozitariysida qoldirishga qaror qilingan.

Mablag‘larning bir qismi, shuningdek, Ukrainadagi urush tufayli markaziy qimmatli qog‘ozlar depozitariylari tomonidan ko‘rilgan xavflar va yo‘qotishlarni qoplash uchun ishlatiladi, deyiladi depozitariy bayonotida.

Avvalroq, Yevropa Komissiyasi Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan mablag‘laridan olingan foydani Ukrainaga yordam berish uchun foydalanishni taklif qilgani, biroq bu faqat shu yilning 15 fevralidan keyin olingan mablag‘larga tegishli ekanligini e’lon qilgan edi.

Shu bilan birga, Ukraina adliya vaziri Denis Malyuska Euroclear depozitariysi argumentlarini tanqid qilib, sug‘urta uchun 5 milliard yevro haddan tashqari katta mablag‘ ekanligini bildirdi.

Kiritildi: 10:56 28.03.2024. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!