Evropaning energetika resurslariga qaramlikni kamaytirish harakatlariga qaramay, iyun oyida Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyadan bir yil avvalgi shu davrga nisbatan 14 foiz ko‘proq suyultirilgan tabiiy gaz xarid qilgan.
Toza havo va energetika tadqiqotlari markazi (CREA) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Yevropaga energiya resurslari yetkazib berishdan olayotgan daromadi kuniga 60 million yevrogacha oshgan.
Ushbu davrda Rossiya suyultirilgan gazining asosiy xaridori Fransiya bo‘lgan.