Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiya neft kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalarga cheklovlar joriy qilmoqchi

Evropa Ittifoqi Rossiya neft kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalarga cheklovlar joriy qilmoqchi

Evropa Ittifoqi yangi sanksiyalar paketi doirasida “Gazprom neft”, “Rosneft” va “Transneft” bilan yangi shartnomalarga cheklovlar joriy etishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda YEIning ichki hujjatiga tayanib, EUobserver yozmoqda.

“Rossiyaning “Gazprom neft”, “Rosneft” va “Transneft” neft gigantlari bilan yangi shartnomalarni cheklash rejalashtirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, materialda aytilishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga 29 kishining ismi kiritilishi mumkin, ularning aksariyati Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha “referendum o‘tkazish bilan bog‘liq unchalik taniqli bo‘lmagan amaldorlar”.

Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxini cheklash bo‘yicha qonunchilik bazasini tayyorlayotganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 14:38 29.09.2022. O'qildi: 1450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!