Evropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta Yevropa Ittifoqi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, hozircha Kreml muloqotga tayyorligini bildirmagan. Biroq Yevropa davlatlari Rossiya bilan ehtimoliy aloqalar uchun qanday tartibda harakat qilish va qaysi masalalarni muhokama qilish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda.
Antoniu Koshta Yevropa davlatlari rahbarlari bilan Rossiya bilan kelajakdagi ehtimoliy muzokaralar formati ustida ish olib borilayotganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa davlatlarini muzokara jarayonida faolroq ishtirok etishga chaqirgani aytildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa davlatlari orasida Rossiya bilan muzokaralarda kim ishtirok etishi, ular qachon boshlanishi va Moskvaga qanday takliflar berilishi borasida hozircha yagona pozisiya shakllanmagan.