Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Vladimir Putin bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Nashr yuqori lavozimli manbaga tayanib yozishicha, bu qaror Donald Tramp boshchiligida olib borilayotgan Ukraina mojarosini hal qilish muzokaralaridan Yevropa davlatlarining norozi bo‘layotgani fonida qabul qilinmoqda.
Antoniu Koshtaning aytishicha, Yevropa Ittifoqi Rossiya rahbari bilan muzokara olib borish imkoniyatiga ega va bu jarayon Vladimir Zelenskiy tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda.
“Biz 27 ta Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan qanday qilib samarali muzokara o‘tkazish mumkinligini muhokama qilmoqdamiz”, — dedi Koshta.