Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaja Kallas YEI tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Vazirlar “Ozodlik” radiosini moliyalashtirish uchun 5,5 million yevro ajratishga kelishib oldilar”, dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi “Ozodlik radiosi Yevropa Ittifoqiga qo‘shni davlatlar, shuningdek, Shimoliy Kavkaz va Markaziy Osiyoda faoliyatini davom ettirishini ta’minlashni maqsad qilgan”.
"Bu qisqa muddatli moliyalashtirish, endi Yevropa Ittifoqi davlatlari uzoq muddatli moliyalashtirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishishlari kerak", - deya qo‘shimcha qildi Kallas.