Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqi krediti Ukraina harbiy ehtiyojlarini to‘liq qoplamaydi

Evropa Ittifoqi krediti Ukraina harbiy ehtiyojlarini to‘liq qoplamaydi

Evropa Ittifoqi tomonidan Ukrainaga ajratilgan 90 milliard yevrolik kredit mamlakatning barcha harbiy ehtiyojlarini qoplash uchun yetarli emas. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu mablag‘ davlat xizmatlarida katta qisqartirishlarning oldini olishga yordam bergan bo‘lsa-da, Kiyevga joriy yilda harbiy xarajatlar uchun qo‘shimcha moliyalashtirish talab etilishi mumkin.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham kredit va boshqa yordamlarga qaramay, qo‘shimcha mablag‘ zarurligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, ajratilgan mablag‘ mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qurol-yarog‘ning taxminan 60 foizinigina moliyalashtirish imkonini beradi.

Bryussel ham bu kredit Ukraina tashqi moliyaviy ehtiyojlarining eng ko‘pi bilan uchdan ikki qisminigina qoplashini tan olgan.

Mutaxassislar esa bu baholar haddan tashqari optimistik bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda. Kiyevdagi Iqtisodiy strategiya markazi iqtisodchisi Maksim Samoylyuk fikricha, Ukraina yana harbiy xarajatlar prognozi oshirishga majbur bo‘lishi va qo‘shimcha mablag‘ izlashi mumkin.

Kiritildi: Bugun 20:52. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!