Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Google’ni 890 million yevro miqdorida jarimaga tortdi

Evropa Ittifoqi Google’ni 890 million yevro miqdorida jarimaga tortdi


​Evrokomissiya bayonotiga ko‘ra, Amerika texkorporasiyasi raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonunni (DMA) buzgan. U Google Play ilovalar do‘koni va Google Search qidiruv tizimini raqobatchilarga zarar yetkazgan holda ishlab chiquvchilarni cheklash hamda iste’molchilarni o‘z servis va ilovalariga yo‘naltirish uchun moslashtirgan.

​Gigant texnologik konsernlarga nisbatan navbatdagi jarima chorasi YEI AQShning Kremniy vodiysidan tortib Xitoy kompaniyalarigacha bo‘lgan ayrim vakillari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha jahon yetakchisi ekanini tasdiqlaydi, deb qayd etadi AP.

​Avvalroq, 2 iyul kuni Lyuksemburgdagi YEI sudi Google’ga nisbatan 4,125 milliard yevro miqdoridagi rekord darajadagi antimonopol jarimani tasdiqlagani ma’lum bo‘lgan edi. YEI sudi Amerika korporasiyasining antimonopoliya qonunchiligini buzish bo‘yicha apellyasiyasini rad etdi. Ushbu jarima Google’ga sakkiz yil oldin solingan edi.

Kiritildi: 10:16 25.07.2026. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!