Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi 2027 yilda Arktikani kuzatish dasturini ishga tushiradi

Evropa Ittifoqi 2027 yilda Arktikani kuzatish dasturini ishga tushiradi

Evropa Ittifoqi 2027 yilda o‘zining sun’iy yo‘ldosh tizimlaridan foydalangan holda Arktika mintaqasini kuzatish dasturini ishga tushiradi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, tashabbus Yevropa Ittifoqining mintaqadagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, Rossiya va AQShning kuchayib borayotgan manfaatlariga qarshi turishga qaratilgan keng qamrovli strategiyasi doirasida amalga oshiriladi.

Dastur doirasida Arktikadagi ehtimoliy tahdidlarni aniqlash uchun Yevropa Ittifoqining Copernicus va Galileo sun’iy yo‘ldosh tizimlaridan foydalanish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi mintaqadagi suvosti kabellarini himoya qilish bo‘yicha tashabbusni ham ishga tushiradi.

Strategiyada Arktika masalalari bo‘yicha muntazam sammitlar o‘tkazish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlar bilan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirish majburiyatlari ham nazarda tutilgan.

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, yangi strategiya kelasi haftada e’lon qilinadi.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa muammolari departamenti direktori Vladislav Maslennikov Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar Arktikadagi hamkorlik masalalarini siyosiylashtirishdan voz kechishga tayyor emasligi va keskinlikni kuchaytirish yo‘lidan borayotganini bildirgan edi.

Kiritildi: Bugun 08:43. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!