Evropa Ittifoqi 2026 va 2027 yillarda Ukrainaga jami 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Bryusselda ma’lum qildi.
Ajratiladigan mablag‘ning 60 milliard yevrosi harbiy ehtiyojlar uchun, 30 milliard yevrosi esa Ukrainaning davlat byudjeti va islohotlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, ushbu moliyaviy yordam Ukrainaning mudofaa salohiyatini kuchaytiradi, davlat xizmatlarining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi hamda mamlakatning tinchlik muzokaralaridagi pozisiyasini mustahkamlaydi.
Taklif YEIga a’zo davlatlar va Yevropa parlamenti tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.