Yil boshi, ayniqsa yanvar oyi, ish joyini almashtirish uchun eng faol davr hisoblanadi. Ko‘plab xodimlar yangi yil va’dalarini bajarishga kirishadi, kompaniyalar esa birinchi chorak uchun kadrlar rejasini qayta ko‘rib chiqadi. Bu jarayonda eng hal qiluvchi omillardan biri — ish haqi miqdori.
Evropada ish haqlari nafaqat sohalar bo‘yicha, balki mamlakatlar kesimida ham keskin farq qiladi. Euronews va Yevrostat ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ish haqi – 39 808 yevro.
Biroq mamlakatlar o‘rtasida katta tafovut mavjud. Ya’ni eng yuqori maosh Lyuksemburgda (82 969 yevro) bo‘lsa, eng past maosh Bolgariyada – 15 387 yevro. Bu –Lyuksemburgdagi o‘rtacha ish haqi Bolgariyanikidan 5,4 barobar yuqori degani.

Lyuksemburgdan tashqari yana beshta davlatda o‘rtacha yillik ish haqi 50 ming yevrodan oshadi:
Bu mamlakatlar asosan G‘arbiy va Shimoliy Yevropada joylashgan.
Reytingning pastki qismida, ya’ni o‘rtacha ish haqi 20 ming yevrodan kam bo‘lgan davlatlar esa quyidagilar – Bolgariya, Gresiya va Vengriya.
Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT) iqtisodchisi Djuliya de Lassarining ta’kidlashicha, maoshlarning bunchalik farq qilishiga mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, mehnat unumdorligi darajasi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega sohalar ulushi (IT, moliya, yuqori texnologiyalar) asosiy omil hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik yoki oddiy xizmatlar ustun bo‘lgan davlatlarda maoshlar, odatda, past bo‘ladi. Shuningdek, kasaba uyushmalarining kuchli yoki zaif bo‘lishi, jamoaviy muzokaralar tizimi hamda minimal ish haqi qonunchiligi ham maoshlarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Agar so‘nggi besh yildagi o‘sish sur’atlari saqlansa, 2026 yilga kelib o‘rtacha maosh 41 600 yevroga yetishi mumkin.
Biroq o‘sish sur’atlari mamlakatlar kesimida turlicha bo‘lib qolmoqda.