35 yil ichida birinchi marta Yevropa aviakompaniyasi Bag‘dod xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Al Arabiya nashri xabariga ko‘ra, parvoz Gresiyaning Aegean Airlines aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan.
Iroq Transport vazirligining ma’lum qilishicha, aviakompaniya Bag‘dod-Afina-Bag‘dod yo‘nalishida haftasiga ikki marta parvozlarni amalga oshiradi. Kelajakda yo‘lovchilar talabiga qarab reyslar soni ko‘paytirilishi mumkin.
Vazirlikning ta’kidlashicha, bu parvoz Iroqning Yevropa aviasiya xaritasiga qaytishini anglatadi va milliy aviasiya sektorini tiklashda yangi bosqichni anglatadi.
Qayd etilishicha, joriy yil boshida Aegean Airlines aviakompaniyasi Iroq shimolidagi avtonom Kurdiston viloyatining poytaxti Erbilga parvozlarni boshlagan.
Evropa aviakompaniyalari 1990 yillarning boshidan beri Iroqning Quvaytga bostirib kirishi ortidan xavfsizlik nuqtai nazaridan Bag‘dodga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirmagan.