Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Evropa AQShni himoya qilishga tayyormi?

Evropa AQShni himoya qilishga tayyormi?

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Trampga Yevropa AQShni himoya qilishga tayyorligini bildirdi. Alyans bosh kotibi qachondir AQSh hujumga uchrasa, ittifoqchilar u bilan birga bo‘lishiga kafolat berdi.

"Siz agar Qo‘shma Shtatlarga hujum qilinsa, NATO davlatlari yordamga kelishiga shubha qilishingizni aytgansiz. Men sizga aytsam, ular AQShga yordamga boradi. Ular allaqachon Afg‘onistonda amerikaliklarga ko‘makka borishgan, buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. O‘shanda qurbon bo‘lgan har ikki amerikalikka NATO'ning boshqa davlatidan o‘z oilasiga qaytmagan bir askar to‘g‘ri kelgan edi", — dedi Ryutte Qo‘shma Shtatlar prezidenti bilan Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida.

Shu bilan birga u Tramp prezidentligi davrida NATO har qachongidan ham kuchayganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 15:10. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!