Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evroittifoq Venesiya biyennalesidan grantni olib qo‘ydi

Evroittifoq Venesiya biyennalesidan grantni olib qo‘ydi

DW nashrining yozishicha, uch oy oldin Yevrokomissiya, agar biyennale ma’muriyati Rossiyaning ko‘rgazmada ishtirok etishini (to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng) taqiqlamasa yoki uning ishtirok etishi uchun yetarlicha asoslar keltirmasa, biyennaleni ikki million yevrolik grantdan mahrum qilish bilan tahdid qilgan edi.

Biyennale jamg‘armasi bu shartlarni bajarishni istamadi yoki bajara olmadi. Rossiya pavilyoni baribir ochildi, garchi uzoq vaqtga emas — faqat matbuot namoyishlari vaqtida. Hozirda u yerga kirishning imkoni yo‘q, faqat derazalarga o‘rnatilgan ekranlarda performans hujjatlarini ko‘rish mumkin, xolos.

Evropa Ittifoqining demokratiya masalalari bo‘yicha komissari Henna Virkkunen X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shunday deb yozdi: "Soliq to‘lovchilar puliga ishlaydigan Yevropa madaniy loyihalari demokratik qadriyatlarni targ‘ib qilishi va saqlashi kerak. Bugungi kunda Rossiyada bu qadriyatlar hurmat qilinmaydi", – deydi u.

Ma’lumot uchun, YEI granti 2025 yildan boshlab uch yilga mo‘ljallangan edi; Biyennale jamg‘armasi mablag‘ni kino loyihalariga sarflashi kutilgandi. Grant shartlari orasida loyihaning "axloqiy standartlarga" muvofiqligi ham bor edi. Yevropa Ittifoqi biyennalening asosiy donori emas, uni asosan Italiya Madaniyat vazirligi moliyalashtiradi (2024 yilda vazirlik ko‘rgazma uchun taxminan 19 million yevro ajratgan).

Kiritildi: 13:05 14.07.2026. O'qildi: 902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!