Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evroittifoq Ukrainaga 90 mlrd yevro miqdoridagi kreditni ma’qulladi

Evroittifoq Ukrainaga 90 mlrd yevro miqdoridagi kreditni ma’qulladi

Evroittifoq Ukrainaga 90 mlrd yevro miqdoridagi kreditni ma’qulladi, uning 60 mlrd yevrosi harbiy ehtiyojlarga yo‘naltiriladi — Reuters.

Kreditning 30 mlrd yevrosi Ukraina davlat byudjetini moliyalashtirishga sarflanadi. Bu haqda Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi, deya xabar beradi agentlik.

Evrokomissiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu kredit 2026–2027 yillarda Ukrainaga zarur moliyaviy ehtiyojlarni qoplash uchun mo‘ljallangan. Fon der Lyayenning aniqlik kiritishicha, harbiy ehtiyojlar uchun ajratilgan mablag‘lar asosan Yevroittifoq va Yevropa erkin savdo assosiasiyasi mamlakatlari ishlab chiqaruvchilaridan qurol-yarog‘ va harbiy texnika xarid qilishga sarflanadi.

"Biz Ukrainani yanada kuchli va barqaror davlat sifatida shakllantirishni qo‘llab-quvvatlashda navbatdagi qadamni qo‘yyapmiz", — dedi Yevrokomissiya rahbari.

Kiritildi: Bugun 18:23. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!