Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni urush tugamaguncha bekor qilmaydi — Ursula fon der Lyayen

Evroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni urush tugamaguncha bekor qilmaydi — Ursula fon der Lyayen

Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni Ukrainadagi urush yakunlanmaguncha olib tashlamasligini ma’lum qildi.

"Aynan Ukraina o‘zi uchun adolatli va barqaror tinchlik qanday bo‘lishini hal qiladi. Ukrainaning xavfsizlik kafolatlariga muhtojligi aniq, biroq umumiy strategiyani aynan Kiyev belgilashi kerak", — deya qo‘shimcha qildi Ursula fon der Lyayen.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish sharti sifatida o‘z qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportiga qarshi sanksiyalarni olib tashlashni talab qilgan, bu sanksiyalarning bir qismi esa Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilgan. AQSh ushbu talabni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Kiritildi: 19:33 28.03.2025. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!