Ispaniya terma jamoasi Yevro-2024 guruh bosqichining ilk turida Xorvatiyani yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Markaziy deya ta’riflangan o‘yinda Xorvatiya omadsizlikka yuz tutdi.
O‘yin taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal etildi: Morata, Ruis va Karvaxalning gollari Ispaniyaga yirik g‘alaba keltirdi.
80-daqiqada ispanlar darvozasiga belgilangan penaltini Petkovich golga aylantira olmadi.
Ispaniya – Xorvatiya 3:0
15 iyunya, 21.00, «Olimpiyashtadion»
Gollar: 1:0 – 29 Morata, 2:0 – 32 Fabian Ruis, 3:0 – 45+2 Karvaxal.