UEFA 1 iyul, dushanba kuniga belgilangan Yevro-2024 1/8 final o‘yinlariga hakamlarni tayinladi.
Fransiya va Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda shvesiyalik hakamlar ishlaydi: bosh hakam – Glenn Nyuberg, assistentlar – Maxbod Beygi va Andreas Sederkvist. To‘rtinchi hakam – litvalik Donatas Rumshas, VAR hakami – niderlandiyalik Pol van Bukel.
Portugaliya – Sloveniya uchrashuvini italiyalik hakamlar boshqarib boradi: bosh hakam – Daniele Orsato, assistentlar – Chiro Karbone va Alessandro Jallati. To‘rtinchi hakam – norvegiyalik Espen Eskos. VAR hakami – Massimiliano Irrati.