Kecha, 14 iyun kuni Germaniya yashil maydonlarida futbol bo‘yicha 17-Evropa chempionati bahslari start oldi.
Dastlab mezbonlar Shotlandiya terma jamoasi bilan bahs olib borib, 5:1 hisobida zafar quchdi.
Bugun, 15 iyun kuni "Evro-2024"ning 1-tur o‘yinlari davom ettiriladi. “A” guruhining ikkinchi o‘yinida Vengriya terma jamoasi Shveysariya bilan bahs olib borsa, “B” guruhida Ispaniya-Xorvatiya va Italiya-Albaniya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Vengriya-Shveysariya o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da, 1-turning markaziy o‘yini sifatida qaralayotgan Ispaniya-Xorvatiya bahsi esa soat 21:00 da boshlanadi. Italiya-Albaniya bahsi soat 23:59 ga belgilangan.
Ma’lumot uchun:" Yevro-2024" bahslari 14 iyulga qadar davom etadi. 6 ta guruhda 1-2 o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar va 3-o‘rinni band etgan eng yaxshi 4 ta jamoa nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.