UEFA Evro-2024 1/8 finalining dastlabki 4ta o‘yinini boshqaradigan hakamlarni e’lon qildi.
29 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Shveysariya — Italiya bahsiga polshalik hakam Shimon Marchinyak tayinlandi. Shu kungi Germaniya va Daniya o‘rtasidagi bellashuvni angliyalik Maykl Oliver boshqarib boradi
30 iyun kungi Ispaniya - Gruziya o‘yinini fransiyalik referi Fransua Leteksiye boshqarsa, Angliya — Slovakiya bahsi turkiyalik hakam Umut Melerga topshirildi.