Kattaqo‘rg‘on tumanining “Andoqsoy” mahallasida yashovchi Tohir Azimov “Tuman elektr ta’minoti” korxonasi kassasiga elektr to‘lovi uchun amalga oshirgan to‘lovlari boshqa hisob raqamiga o‘tib ketadi.
Ana shu e’tiborsiz tufayli iste’molchining bormagan joyi, uchrashmagan odami qolmadi. Ammo biron joyda uning muammosini hal etib beradigan mard topilmadi. Shunda “chiqmagan jondan umid deganlaridek“ Tohir Azimov arznomalari e’tiborsiz qolayotgani xususida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Matbuot, axborot, jamoatchilik bilan ishlash va xorijiy aloqalar bo‘limi tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur ariza tegishliligi bo‘yicha, Samarqand viloyat hududiy birlashmasining Kattaqo‘rg‘on tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. Anglashilmovchilik tufayli, aniqrog‘i, elektr ta’minoti korxonasi xodimining uquvsizligi oqibatida kelib chiqqan muammo tuman jamiyati mutaxassisining aralashuvi bilan ijobiy yakun topdi. Boshqa abonent hisob raqamiga o‘tkazib yuborilgan mablag‘ iste’molchining hisobiga tushirib berildi.
Manba: xs.uz