Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Estoniyada Rossiyadan uchib kelgan dron elektr stansiyasiga borib urildi

Estoniyada Rossiyadan uchib kelgan dron elektr stansiyasiga borib urildi

Avvalroq Litva va Latviya ham dronlar uchib kelgani haqida xabar bergan edi.

Estoniya xavfsizlik polisiyasi departamenti va Delfi nashrining ma’lumotiga ko‘ra, 25 mart kuni soat 3:43 da Rossiya havo hududidan kirib kelgan dronlar Estoniya shimoli-sharqidagi Auvere elektr stansiyasining tomiga borib urilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, stansiyaga jiddiy zarar yetmagan va energiya tizimi barqaror ishlamoqda.

Bosh prokuror Astrid Asining ta’kidlashicha, dastlabki ma’lumotlar dron Estoniyaga ataylab yo‘naltirilmaganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, chorshanba kuni Latviya Mudofaa vazirligi Rossiya tomonidan havo hududiga dron kirganini ma’lum qildi. Uning qoldiqlari mamlakat janubi-sharqidagi Kraslava shahri yaqinida, Belarus bilan chegaraga yaqin hududda topilgan.

Bundan tashqari, Litva hukumati Litva-Belarus chegarasi yaqinidagi Lavisas ko‘li muzligiga dron qoldiqlari tushgani haqida xabar bergan edi. Keyinroq Litva rasmiylari ushbu dron Ukrainaga tegishli bo‘lgani va Rossiya hududiga zarba berish uchun mo‘ljallanganini bildirdi.

Hozirda ushbu holatlar
yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:52. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!