Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Estoniya rossiyalik diplomatni chiqarib yubormoqda

Estoniya rossiyalik diplomatni chiqarib yubormoqda

U xavfsizlik va propagandaga putur yetkazishda ayblanmoqda.

Estoniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasining diplomatik maqomiga ega xodimini persona non grata deb e’lon qildi va undan 29 martdan kechiktirmay mamlakatni tark etishni talab qildi. Diplomatning ismi aytilmagan.

Tallinn o‘z faoliyati Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga zid ekanini ta’kidladi.

Estoniya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, diplomat «Estoniya xavfsizligi va konstitusiyaviy tuzumiga putur yetkazishda, Rossiyaning harbiy harakatlarini oqlovchi tashviqotni tarqatishda bevosita va faol ishtirok etgan va Estoniya jamiyatini parchalash bilan shug‘ullangan».

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi javob choralarini ko‘rishga va’da berdi.

Rossiya va Estoniya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar muvaqqat ishlar vakili darajasiga tushirildi. Shu yilning yanvar oyida Estoniya Rossiya elchixonasi xodimlari sonini qisqartirishni talab qilgan. Bunga javoban Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Estoniya elchisi Margus Laydrega mamlakatni tark etishni buyurgan, Tallin esa Rossiya elchisi Vladimir Lipayevga ham xuddi shunday talab bilan chiqqan.

Kiritildi: 16:20 24.03.2023. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!