Estoniya “faol mudofaa” dasturi doirasida harbiy bo‘linmalarini Rossiya chegarasi yaqiniga ko‘chirmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Tallin Rossiya NATOning 5-moddasidagi jamoaviy mudofaa tamoyilini sinab ko‘rish uchun “cheklangan bosqin” uyushtirishi mumkinligidan xavotirda.
Polkovnik Tarmo Kundla qo‘mondonligidagi 1-piyoda brigadasini Rossiya chegarasidan 50 kilometr uzoqlikdagi Yixvi shahriga joylashtirish rejalashtirilgan. Narvada esa 1000 nafargacha harbiy xizmatchi uchun yangi baza qurilmoqda.
Estoniya, shuningdek, o‘tgan yili AQShdan to‘qqizta HIMARS reaktiv zalpli o‘t ochish tizimini sotib olgan.