Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Estoniya parlamenti yashirin ovoz berishda yangi prezidentni tanladi

Estoniya parlamenti yashirin ovoz berishda yangi prezidentni tanladi

Estoniya Riygikogu, ya’ni parlamenti deputatlari yashirin ovoz berish yo‘li bilan huquq kansleri Yulle Madizeni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi.

Ushbu lavozimda Madize besh yil faoliyat yuritadi.

Parlament matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uning nomzodini 71 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan. Yana 7 nafar qonun chiqaruvchi esa Madizega qarshi ovoz bergan.

Estoniyada prezident umumxalq ovoz berishi orqali emas, parlament tomonidan saylanadi.

Nomzod prezident etib saylanishi uchun 101 nafar deputatdan kamida 68 nafarining ovozini olishi kerak.

Agar parlamentda hech bir nomzod zarur miqdorda ovoz to‘play olmasa, keyingi bosqichda prezidentni parlament a’zolari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillaridan iborat maxsus saylov kollegiyasi tanlaydi.

Kiritildi: 17:14 02.09.2026. O'qildi: 767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!