Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

ESPN dunyoning eng yaxshi 20 markaziy hujumchisini aniqladi

ESPN dunyoning eng yaxshi 20 markaziy hujumchisini aniqladi

ESPN nashri 2025/26 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha dunyoning eng kuchli markaziy hujumchilari reytingini e’lon qildi.

Reytingni shakllantirishda futbolchilarning mavsum davomida namoyish etgan o‘yini asosiy mezon sifatida olingan. So‘rov ishtirokchilariga markaziy hujumchi pozisiyasida eng yuqori saviyada harakat qilgan futbolchilarni tanlash vazifasi berilgan.

Baholash jarayonida faqat statistik ko‘rsatkichlar emas, balki futbolchining butun mavsum davomidagi barqarorligi ham inobatga olingan. Shuningdek, jarohat tufayli 2025/26 yilgi mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborgan, ammo avvalgi yillarda yuqori darajada o‘ynagan hujumchilar ham ro‘yxatga kiritilgan.

2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirok ham hisobga olingan, biroq milliy jamoalar safidagi o‘yinlar yakuniy reytingni belgilashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmagan. ESPN uzoq davom etadigan milliy chempionatlardagi barqarorlikni qisqa turnirlar, jumladan Chempionlar ligasidagi alohida natijalardan yuqoriroq baholagan.

Reytingning birinchi pog‘onasini "Bavariya" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn egalladi. "Real" yetakchisi Kilian Mbappe ikkinchi, "Manchester Siti" forvardi Erling Xoland esa uchinchi o‘rindan joy oldi.

ESPN talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 20 markaziy hujumchisi:

  1. Xarri Keyn — "Bavariya", Angliya
  2. Kilian Mbappe — "Real", Fransiya
  3. Erling Xoland — "Manchester Siti", Norvegiya
  4. Usman Dembele — "PSJ", Fransiya
  5. Xulian Alvares — "Atletiko", Argentina
  6. Lautaro Martines — "Inter", Argentina
  7. Kay Haverts — "Arsenal", Germaniya
  8. Joao Pedro — "Chelsi", Braziliya
  9. Viktor Osimxen — "Galatasaroy", Nigeriya
  10. Yugo Ekitike — "Liverpul", Fransiya
  11. Igor Tiago — "Brentford", Braziliya
  12. Olli Uotkins — "Aston Villa", Angliya
  13. Robert Levandovski — "Chikago Fayr", Polsha
  14. Krishtianu Ronaldu — "Al-Nasr", Portugaliya
  15. Antuan Grizmann — "Orlando Siti", Fransiya
  16. Markus Tyuram — "Inter", Fransiya
  17. Doniell Malen — "Roma", Niderlandiya
  18. Mikel Oyarsabal — "Real Sosyedad", Ispaniya
  19. Viktor Dyokeresh — "Arsenal", Shvesiya
  20. Aleksandr Serlot — "Atletiko", Norvegiya

Shu tariqa, ESPN reytingida Keyn zamonaviy futbolning Mbappe va Xoland kabi eng mashhur hujumchilarini ortda qoldirgan. Krishtianu Ronaldu esa 14-o‘rindan joy olgan.

Kiritildi: 19:23 18.08.2026. O'qildi: 823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!