Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Eslatma! Koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkin

Eslatma! Koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkin

Xitoy olimlari yangi koronavirusning shtammi bepushtlikka olib kelishi mumkinligini aniqlashdi. Tadqiqot medRxiv platformasida e’lon qilindi.

Mutaxassislar koronavirusga chalingan 80 nafar erkakda gormonlar darajasini tahlil qilishdi.

Tadqiqot koronavirus erkaklar jinsiy bezlari funksiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishini ko‘rsatdi. Xususan, koronavrusga chalingan bemorlarda testosteron ishlab chiqarishni kuchaytiradigan lyuteiniz gormoni darajasi haddan tashqari yuqori bo‘lganligi ko‘rsatdi. Shu bilan birga, lyuteiniz gomoniga testosteron va follikulstimul gormoni (FSG) nisbati juda past darajada ekanligi ma’lum bo‘ldi.

“Bu tadqiqot koronavirus infeksiyasi erkak jinsiy gormonlariga ta’sir qilishini ko‘rsatuvchi  birinchi dalil hisoblanadi, SARS-CoV-2dan xalos bo‘lgan bemorlarda, ayniqsa reproduktiv yoshdagi erkaklardagi jinsiy bezlarining ishlashiga ko‘proq e’tibor berishlari talab etadi”, - deb ta’kidlamoqda mutaxassislar.

Olimlar ta’kidlanishicha, koronavirusga chalinganlarning yarmidan ko‘pi reproduktiv yoshdagi erkaklar tashkil qilmoqda, kasallikdan tuzalgan kishilar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak.

Shuningdek, mutaxassislar tadqiqot cheklanganligini tan olishdi. Bemorlarning spermasida virus o‘zi aniqlanmagan, bu erkak jinsiy bezlariga zarar yetkazilishi haqida aniq dalolat bergan bo‘lardi.

Olimlar stress va kortikosteroid terapiya erkak bemorlarning jinsiy a’zolari faoliyatiga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilishdi.

Kiritildi: 21:41 26.03.2020. O'qildi: 3994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!