Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Erto‘lada 9 yil qiyomatni kutib yashagan niderlandiyalik oila qutqarildi

Erto‘lada 9 yil qiyomatni kutib yashagan niderlandiyalik oila qutqarildi

Niderlandiya polisiyasi olis fermalardan birining yerto‘lasida 9 yildan beri qiyomat qoyim bo‘lishini kutib yashayotgan ota va uning olti farzandini qutqardi. RTV telekanalining xabar berishicha, to‘ng‘ich o‘g‘il mahalliy barga borgan va yordam so‘ragan.

Fermaga kelgan polisiyachilar mehmonxonadagi shkaf ortida yerto‘laga tushadigan zina borligini aniqlashdi. U yerda miyasiga qon quyilgani tufayli to‘shakka mixlangan ota hamda uning 16 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan olti nafar farzandi bor edi. Bolalarning onasi oila qishloqqa ko‘chib kelganidan keyin vafot etgani taxmin qilinmoqda.

Oila tomorqa va uy chorvasi yordamida kun kechirgan.

Drente provinsiyasi polisiyasi fermaning 58 yoshli ijarachisini qo‘lga oldi. U ma’lumot berishdan bosh tortyapti. Ferma egasining esa yerto‘lada oila borligidan xabari bo‘lmagan.

Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, ijarachi shu paytgacha hech kimni fermaga yaqinlashtirmagan, qo‘shnilar bilan aloqa qilmagan.

Kiritildi: 20:30 16.10.2019. O'qildi: 3903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!