Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati «Ipak yo‘li durdonasi» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazilishi munosabati bilan 14 sentyabr kuni poytaxtdagi bir nechta ko‘cha yopilishini ma’lum qildi.
Yopiladigan ko‘chalar:
-
Chilonzor ko‘chasi — Novza va Katta Chilonzor ko‘chalari oralig‘ida soat 10:00 dan 17:00 gacha qisman yopiladi;
-
Alisher Navoiy shohko‘chasi — Labzak va Abay ko‘chalari oralig‘ida soat 17:00 dan 20:00 gacha qisman yopiladi;
-
Paxtakor ko‘chasi — Navoiy shohko‘chasi va «Paxtakor» stadioni oralig‘ida soat 14:00 dan 23:00 gacha to‘liq yopiladi.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilindi.