Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 1 sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shaxri va Toshkent viloyatida havo xarorati kechasi +14…+16, kunduzi +31…+33 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga esadi.
Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi +13...+18, kunduzi +28...+33 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +13…+18 darajada kunduzi +28…+33 darajada, shamolning tezligi esa 12-17 m/sda bo‘lishi kuzatilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi +13...+18, kunduzi +27…+32 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +14...+19, kunduzi +30...+35 darajagacha ko‘tariladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +12...+17, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.
Qamchiq dovoni va Chimyonda biroz salqin bo‘lib, havo harorati kechasi +6...+11, kunduzi esa +19...+24 daraja bo‘ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib turadi.
Manba: qalampir.uz