Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Errol Mask: Tramp Nobel tinchlik mukofotiga munosib

Errol Mask: Tramp Nobel tinchlik mukofotiga munosib

Amerikalik milliarder Ilon Maskning otasi Errol Mask AQSh prezidenti Donald Trampni Nobel tinchlik mukofotiga munosib siyosatchi deb atadi.

Errol Maskning so‘zlariga ko‘ra, Tramp dunyoda barqarorlikni ta’minlash va mojarolarni hal qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda.

«Tramp dunyoda hamma narsa normal bo‘lishi uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilyapti», — dedi u.

Shuningdek, biznesmen o‘tgan yili Venesuela muxolifati yetakchilaridan biri Mariya Korina Machadoga berilgan tinchlik sohasidagi mukofot haqida gapirib, u bu e’tirofni darhol Amerika rahbariga bag‘ishlaganini esladi.

Avvalroq Donald Tramp Nobel mukofotini olishga qiziqmasligini bildirgan edi.

Keyinchalik AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset ham Amerika Qo‘shma Shtatlari qurolli kuchlari har yili Nobel tinchlik mukofotiga munosib ekanini ta’kidlagan.

Uning fikricha, AQSh harbiylari nafaqat o‘z mamlakatining, balki butun dunyodagi ko‘plab insonlarning xavfsizligi kafolati hisoblanadi.

Nobel tinchlik mukofoti har yili xalqaro tinchlik, mojarolarni bartaraf etish va insonparvarlik faoliyatiga hissa qo‘shgan shaxslar yoki tashkilotlarga beriladi. Trampni mazkur mukofotga munosib deb hisoblovchilar ham, bu fikrga qarshi chiquvchilar ham mavjud.

Kiritildi: 22:43 06.06.2026. O'qildi: 157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!