Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Eronning yangi rahbari Moskvada davolanayotgan bo‘lishi mumkin

Eronning yangi rahbari Moskvada davolanayotgan bo‘lishi mumkin

Kreml bunga izoh berishdan bosh tortdi

Kuvaytning Al-Jarida gazetasi xabariga ko‘ra, Eron oliy rahbari Mujtabo Xominaiy 12 mart kuni Rossiya harbiy samolyotida Moskvaga yetkazilgan. Ta’kidlanishicha, Mujtabo Xominaiy muvaffaqiyatli operasiya qilingan va hozirda Kreml bilan bog‘liq xususiy klinikada davolanmoqda.

Mujtabo Xominaiy 28 fevral kuni AQSh va Isroilning Eron bilan urushi boshida yaralangan edi. Eronni yangi rahbarining sog‘lig‘i mamlakatda davolanishga imkon bermagan bo‘lishi mumkin.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Mujtabo Xominaiyning Moskvada ekani haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi. "Biz bunday xabarlarga hech qanday izoh bermaymiz", — dedi Peskov.

Kiritildi: Bugun 21:07. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!