Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Eronning Toshkentdagi elchixonasida prezident saylovlarining ikkinchi turi doirasida ovoz berildi

Eronning Toshkentdagi elchixonasida prezident saylovlarining ikkinchi turi doirasida ovoz berildi

2024 yil 5 iyul kuni Eron Islom Respublikasida hamda mamlakatning xorijiy davlatlarda ochilgan saylov uchastkalarida prezident saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, O‘zbekistonda vaqtincha yashab turgan eronliklar Eronning Toshkentdagi elchixonasi binosida ochilgan ovoz berish uchastkasiga kelib, saylovlarning ikkinchi turiga chiqqan ikki nomzoddan biriga ovoz berishdi.

Eron Islom Respublikasi konstitusiyasiga ko‘ra, prezident saylovlarining birinchi turida saylovchilarning 50 foizidan ko‘prog‘ining ovozini olgan nomzod mamlakat prezidentligiga saylangan hisoblanadi. Bordiyu nomzodlardan birortasi 50 foizdan ortiq ovoz ololmasa, prezident saylovlarning eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod ishtirokidagi ikkinchi turi natijalari bo‘yicha aniqlanadi.

Kiritildi: 19:07 05.07.2024. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!