Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Eronning Minab shahridagi qizlar maktabiga zarba AQSh kuchlari tomonidan berilgan bo‘lishi mumkin

Eronning Minab shahridagi qizlar maktabiga zarba AQSh kuchlari tomonidan berilgan bo‘lishi mumkin

Bu haqda AQShning ikki rasmiysi dastlabki tergov xulosalariga asoslanib Reuters'ga ma’lum qildi.

Ushbu hujum oqibatida 150 nafar o‘quvchi qiz halok bo‘lgan.

Manbalarga ko‘ra, harbiy tergovchilar hozircha aynan qanday o‘q-dori ishlatilganini, aynan kim zarba berishi mumkinligini va nima sababdan mazkur ob’ekt nishon bo‘lganini aniqlamagan.

Shu bilan birga, ular yangi ma’lumotlar AQShdan javobgarlikni olib tashlashi va boshqa tomonni ko‘rsatishi mumkinligini ham istisno qilmaydi.

“Maktab, kasalxona yoki boshqa fuqarolik ob’ektiga qasddan zarba berish xalqaro gumanitar huquqda harbiy jinoyat sifatida baholanishi mumkin. Agar AQShning aloqadorligi tasdiqlansa, bu hodisa Amerikaning Yaqin Sharqdagi o‘nlab yillik harbiy amaliyotlari davomida tinch aholi o‘limining eng og‘ir holatlaridan biriga aylanishi mumkin", deb yozmoqda agentlik.

Kiritildi: 19:26 06.03.2026. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!