Eronda mamlakatdagi prezident saylovlari uchun saylov uchastkalari ochildi. To‘rt nomzodning ismi saylov byulletenlarida qayd etilgan. Dastlab, yetti nafar da’vogar bor edi, ammo ovoz berishga bir necha kun qolganida, uchtasi nomzodliklarini qaytarib olishlarini e’lon qilishdi.
Aksariyat ekspertlar, shuningdek, jamoatchilik fikri bo‘yicha sud tizimi rahbari Ibrohim Raysining g‘alabasi taxmin qilinmoqda. U radikal konservativ, g‘arbga qarshi va antiamerikanist hisoblanadi. Agar Raisi g‘alaba qozonsa, Eronning mintaqadagi tashqi siyosati yanada qattiqlashishi mumkin, deb ta’kidlaydi "Rossiya 24" telekanali.